Ushbu tartib 2021 yil 1 noyabrga qadar amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrda “Baliqchilik sohasi rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrga qadar quyidagilar bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi:
• naslli ona baliq, baliq uvildirigʻi, respublikada ishlab chiqarilmaydigan inkubatsiya, laboratoriya, intensiv usulda baliq yetishtirish, baliq ovlash, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatish va saqlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, anjom, mexanizmlar va ularning ehtiyot qismlari, muqobil energiya taʼminoti uskunalari, melioratsiya ishlari uchun maxsus texnikalar va tirik baliq tashuvchi transport vositalari;
• chet el tashkilotlari va ularning shoʻba korxonalari, firma doʻkonlari, dilerlik tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun chetdan keltiriladigan omixta yem va mineral oʻgʻit (ammofos).
OʻzA