Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniyaga boʻlajak tashrifi toʻgʻrisida

2018 yilning 7-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.
Germaniya Tashqi ishlar federal vaziri Xayko Maas va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar chogʻida boʻlajak oliy darajadagi Oʻzbekiston – Germaniya uchrashuviga tayyorgarlikning borishi, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

OʻzA