Bokschimizning raqibi jang oʻtkazishdan nega bosh tortdi?

Avval yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilning 17-noyabr kuni Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahrida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazishi haqida xabar bergan edik.

Shohjahon Ergashev professional ringdagi 15-jangida amerikalik tajribali Maykl Foksga qarshi ringga koʻtarilishi kerak edi. Afsuski, Maykl nomaʼlum sababga koʻra, ushbu jangni oʻtkazishdan bosh tortdi.

Shu tariqa Shohjahon navbatdagi bellashuvini 10 noyabr kuni Chikagoda oʻtkazadigan boʻldi. Bir necha kundan soʻng bokschimizning raqibi kim ekani aniq boʻladi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA