Floyd Meyvezer Yaponiyada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida barchani hayratlantirdi. U yangi yil arafasida kunchiqar yurt vakili, kikbokschi Tenshin Natsukava bilan aralash jang sanʼatlari qoidalari boʻyicha bahsga kirishishini maʼlum qildi.
Kecha Saytama shahrida tashkil etiladi. Ushbu qarama-qarshilikni tashkillashtirish uchun Floyd Yaponiyaning aralash jang sanʼatlari musobaqalari kompaniyasi “RIZIN Fighting” Federatsiyasi bilan shartnoma imzolanganini aytdi.
Boksning beshta toifasi boʻyicha 41 yoshli mutlaq jahon chempioni aralash jang sanʼatlari boʻyicha hech qachon parterga chiqmagan.
Shuningdek, Meyvezer ushbu bellashuvda toʻliq MMA qoidalari boʻyicha jang qilishi nazarda tutilmagan.
“Yengilmas” oʻzining soʻnggi bellashuvini 2017 yilning avgustida Las-Vegasdagi T-Mobile Arenada UFC super yulduzi Konor MsGregorga qarshi oʻtkazgan va gʻalaba qozongan. Oʻsha jangdan Floyd 300 million dollarga boyigan.
O’zA