“Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min Janubiy Koreya terma jamoasining navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi, deb yozadi Tribuna nashri.
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu futbolchini Avstraliya va Oʻzbekistonga qarshi bahslarga chaqirmaydi. Bu “Tottenhem” klubi bilan Koreya futbol assotsiatsiyasi oʻrtasidagi kelishuvga asosan yuz berdi. Sabab sifatida esa, Son Hyon Min majburiy harbiy xizmatdan ozod boʻlish uchun terma jamoa bilan avgust oyida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etganligi koʻrsatilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi 17-noyabr kuni Avstraliya, 20-noyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazadi.Uchrashuvlar Avstraliyaning Brisben shahrida boʻlib oʻtadi.
O’zA