Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressi boʻlib oʻtayotganligi xabar qilingandi.
Bugun Kongress davomida prezidentlik saylovi ham oʻtkazildi. Prezidentlik saylovida hamyurtimiz Gʻofur Rahimov va Osiyo boks Konfederatsiyasi rahbari, qozogʻistonlik Serik Konakbayev ishtirok etdi.
Saylovda qatnashgan 134 mamlakat vakillaridan 86 nafari Gʻofur Rahimovga oʻz ovozini berdi va hamyurtimiz shu tariqa gʻalaba qozondi. Endi Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.
O’zA