Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yuqori martabali mehmon institut professor-oʻqituvchi va talabalariga qilgan maʼruzasida SHHTning faoliyati, tarixi, rivojlanish istiqbollari, tashkilotga aʼzo mamlakatlar oldida turgan ustuvor vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Bosh kotib kelgusi haftada Xitoyning Dunfan shahrida SHHTning Birinchi Yoshlar Assambleyasi tashkil etilayotganligini ham mamnuniyat bilan qayd etdi. R. Alimov yangi assambleya tashkilotga aʼzo davlatlar yoshlarining oʻzaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlashiga umid bildirdi.
Uchrashuvda talabalar Bosh kotibdan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
A. MUSAYEV, OʻzA