Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 3 noyabrdagi buyrugʻiga asosan Aminov Shohrux Azamatovich Navoiy viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.
Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Sh.Aminov 1981 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, Toshkent viloyat prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
OʻzA