Mahallaning tashvishiga ham, baxtiga ham sherik ayol

10

Mamlakatimiz Prezidenti Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida 2025 yilda erishilgan yutuqlarni e’tirof etar ekan, qanchalik og’ir bo‘lmasin, xalqimiz o‘zining mashaqqatli va fidokorona mehnati bilan ulkan marralarni zabt etganini takidladi.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2026 yilni yurtimizda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» deb e’lon qilish taklifi ahamiyatli bo‘ldi. Natijada mahallaga nisbatan manzilli va mas’uliyatli yondashuv shakllanmoqda. Deyarli 15 yillik mehnat faoliyatining asosiy qismi mahallalar bilan bog’liq bulgan Nukus shahridagi «Qutli makan» mahalla fuqarolar yig’ini raisi Zamira Qutlыmuratova ham «mahalla obod bo‘lsa – jamiyat barqaror bo‘ladi. Inson rozi bo‘lsa – islohotlar o‘z samarasini beradi» degan tamoyilni o‘zining shioriga aylantirgan.

1967-yili Chimboy tumanida tug’ilgan Z.Qutlimuratova yoshligidan jamiyatga aralashuvchan, zukkoligi bilan odamlarning e’tiboriga to‘shdi. 1988-yili hozirgi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagach 15 yil o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritdi va ko‘plab iqtisodchi-mutaxassislarning etishib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Bugungi kunda 9 mingga yaqin aholi istiqomat qilib kelayotgan «Qutli makan» MFY ni boshqarib kelmoqda. Bu mahalla 2 mingdan ortiq oilaga ta’lim-tarbiya maskani bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘tgan yili mahallada tomorqalarning sug’orish tizimi yaxshilandi, barqaror elektr energiyasi va optik tolali internet tarmog’i bilan ta’minlandi. Ichki yo‘llar ta’mirlanib, “Obod xo‘jalik – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etildi va mahallaning qiyofasi butunlay o‘zgardi. Mahallani qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish maskaniga aylantirish ishlari tahsinga loyiq.

Shuningdek, mahalla hududidagi 50 ga yaqin savdo do‘koni, 4 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi va to‘yxona, dorixona, 3 ta sartaroshxona hudud ko‘rkiga ko‘rk bag’ishlab, odamlarning og’irini engil qilmoqda, ularni ish bilan ta’minlashda qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda. 2026 yilning o‘tgan davrida “Kambag’al oilalar reestri”ga kiritilgan 203 ta oilaning 35 tasi “Loyihaviy yondashuv” loyihalari asosida kredit, ssuda va subsidiya ajratish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali reestrdan chiqarildi.

Mahalla xalqining obod va fayzli uylarda munosib yashashi uchun mahalladagi 1 ming 710 ta uy-joyning ichki va tashqi qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, pardozlash, ularning hududida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, tomorqa erlariga to‘liq ekin ekishni ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

Umuman olganda, Zamira Qutlыmuratova har bir kunini jamiyat hayotini yuksaltirish, aholining davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, eng muhimi, insonlar uchun munosib yashash muhitini yaratishga xizmat qilayotgan mahalla oqsoqollaridan biri.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi.