Bolalarimizning xavfsizligi o‘z qo‘limizda

6

 

Mamlakatimizda pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan aniq maqsadli chora-tadbirlar o‘tkazilishiga qaramasdan, respublika hududiga chetdan pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish holatlari uchramoqda.

Shu sababli, hozirgi vaqtda fuqarolarimizning, ayniqsa, voyaga etmagan bolalarning xavfsizligini ta’minlash uchun noqonuniy pirotexnika vositalari aylanishining oldini olish maqsadida tegishli idoralar tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus tadbirlar davom etmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qo‘ng’irot tumani hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xolislar ishtirokida amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida, oziq-ovqat do‘konidan 300 dona pitarda, ushbu tumanda yashovchi fuqaroning uyidan 6000 dona pitarda va 51 dona salyut, Xo‘jayli tumani hududida “Kobalt” rusumli avtomashinadan 2 dona salyut pirotexnika vositalari aniqlandi.

Jami boshlang’ich bahosi 25 million so‘m bo‘lgan 6353 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha qonunga muvofiq surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

A.Jiyemuratov,

Qoraqalpog’iston axborot agentligi.