Toshkentda qidiruvda boʻlgan ogʻir jinotchi ushlandi

Bugun, 27 sentabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida soat 15:30 lar atrofida qidiruvda boʻlgan xavfli jinoyatchi Shohrux Joʻrayev qarindoshlarining uyidan topilgan. Bu vaqtda u karavot tagida yashirinib yotgan boʻlgan. Qoʻlga olish vaqtida qarshilik koʻrsatgan, deb xabar berdi Toshkent IIBB.
Nashrlarda tarqatilgan xabarlarga koʻra, Sh.Joʻrayev 11 avgust kuni sheriklari bilan birga undan 500 ming soʻm qarzi boʻlgan bir fuqaroni urib-doʻpposlab, mashinasini pachoq qilgan. Militsiya bu voqeadan videoyozuv orqali xabar topgan.
Avvalroq uning oʻzidan boshqa barcha sheriklari ushlangani aytilgandi.
photo_2018-09-27_23-19-22.jpgIIBB guruhning yana bir aʼzosi — 1989 yilda tugʻilgan Bahodir Baxtiyorovich Yoʻldoshev ham qidirilayotgani maʼlum qiladi.
“Hurmatli shahar aholisi va mehmonlari! Agar sizga gumondorning qayerdaligi maʼlum boʻlsa, quyidagi telefon raqamlari orqali maʼlum qilishlaringizni iltimos qilamiz: 102, 272-98-39, 231-95-13, (98) 362-51-14.
IIBB qoʻngʻiroq qilgan shaxsning kimligini sir saqlanishini toʻliq kafolatlaydi”, – deyiladi xabarda.

 

O’zA