Olmaotaga yaqin joylashgan Chimbuloq togʻ-changʻi kurortiga qalin qor yogʻdi

24 sentyabr kuni Qozogʻistonning Olmaota, Jomboy, Turkiston, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatlarida havo harorati 15-20 m/s gacha pasayib ketdi, deb xabar bermoqda “Kazinform”.
Olmaotada kuchli yomgʻir va doʻl yogʻib, toʻsatdan sovuq tushdi. Togʻlarda ham havo harorati pasayib, qish havosi hukm sura boshladi.
Olmaotaga yaqin joylashgan Chimbuloq togʻ-changʻi kurortiga esa kutilmaganda qalin qor tushdi. U yerda kechki payt havo harorati 0 darajaga teng boʻlgan boʻlsa, tunda -1 darajagacha pasaydi.
Hozirda havoning harorati 10-15 darajaga pasaygan, bulutli havo kuzatilmoqda. Togʻli hududlarda qor yogʻib turibdi.

 

O’zA