Messi haftaning eng yaxshi futbolchisi

Yevropa Chempionlar Ligasining 1-tur oʻyinlari doirasida haftaning eng yaxshi oʻyinchisi aniqlandi.
Unga koʻra, eng yaxshi futbolchi nomiga Lionel Messi loyiq deb topildi.
Ushbu nominatsiyaga Messidan tashqari Jeyms Milner (“Liverpul”), Nabil Fekir (“Lion”) hamda Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) nomzodlari koʻrsatilgandi.
Qayd etish joizki, Leo Chempionlar Ligasi 1-turida “Barselona” bilan PSV ustidan 4:0 hisobida zafar quchgan va gollardan uchtasiga mualliflik qilgan edi.

 

O’zA