Chempionlar Ligasi: Messining navbatdagi rekordi va boshqa natijalar

2018/19 yilgi Chempionlar Ligasi guruhi bosqichi 1-turining navbatdagi oʻyinlari oʻtkazildi.
“Barselona” oʻz maydonida PSV klubini qabul qildi va 4:0 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi. Lionel Messi oʻyinda uchta gol urgan boʻlsa, yana bittasi Usmon Dembele hisobiga yozildi. Taʼkidlash joizki, “Barselona“ sardorining ushbu oʻyindagi xet-trigi Chempionlar Ligasidagi sakkizinchisi boʻldi va navbatdagi rekordni rasmiylashtirdi.
“Atletiko Madrid” safarda “Monako” bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida gʻalaba qozondi. Mehmonlar safida Diyego Kosta hamda Ximenes 1tadan gol urgan boʻlsa, maydon egalarining yagona goli Gransir tomonidan kiritildi.
2571648_w1.jpg
Kunning markaziy oʻyinida “Liverpul” oʻz uyida “PSJ”ni qabul qildi. Gollarga boy boʻlgan uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal boʻldi.
25ec87.jpeg
“Liverpul” tarkibida Starrij, Milner hamda Firmino oʻz hisobiga 1tadan gol yozib qoʻygan boʻlsa, parijlikning gollariga Menye hamda Mbappe mualliflik qildi.
Chempionlar Ligasi
1-tur
B guruhi.
Barselona (Ispaniya) – PSV (Gollandiya) 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serji Roberto, Umtiti, Rakitich (Vidal, 85), Buskets, Koutino (Langle, 81), Dembele (Artur, 83), Messi, Suares.
PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever (Izima-Miren, 66), Xendriks, Pereyro, Losano, Rosario (Gutyerres, 82), Bergveyn (Malen, 78), de Yong.
Ogohlantirishlar: Virgever (30), Umtiti (55), de Yong (57).
Chetlatish: Umtiti (79).
Guruhning ikkinchi bahsi “Inter” hamda “Tottenhem” klublari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Oʻyinda 2:1 hisobi qayd etildi.
53-daqiqada Eriksen hisobni ochdi. 85-daqiqada Ikardi uzoq masofadan aniq zarba yoʻllab, uni tenglashtirdi. Soʻnggi daqiqada esa Vesino mezbonlarga gʻalaba keltiruvchi golni urdi.
Inter (Italiya) – Tottenhem (Angliya) 2:1
Gollar: 0:1 – 53 Eriksen, 1:1 – 85 Ikardi, 2:1 – 90 Vesino.
Inter – Xandanovich, Miranda, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Nainggolan (Valero, 89), Brozovich, Perishich (Kandreva, 64), Vesino, Politano (Keyta Balde, 72), Ikardi.
Tottenhem – Vorm, Sanches, Devis, Orye, Vertongen, Dembele, Dayer, Lamela (Uinks, 72), Eriksen, Keyn (Rouz, 90), Son Xyon Min (Lukas Moura, 64).
Ogohlantirishlar: Shkrinyar (21), Sanches (38), Perishich (43), Vertongen (51), Vorm (82)
A guruhi
Monako (Monako) – Atletiko (Ispaniya) 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 18 Gransir, 1:1 – 31 Diyego Kosta, 1:2 – 45 Ximenes.
Monako – Benalo, Glik, Xenrixs, Sidibe, Jemerson, Axolu (Traore, 69), Ndoram, Shadli (Jordi Mboula, 58), Tilemans, Gransir (Silla, 77), Falkao.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Koke, Rodri Ernandes, Saul, Korrea (Lemar, 70), Diyego Kosta, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Falkao (11), Ximenes (48), Sidibe (52), Traore (78), Diyego Kosta (90).
Bryugge (Belgiya) – Borussiya D (Germaniya) 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Pulishich.
Bryugge – Letitsa, Mitrovich, Densvil, Pulen, Vlitink (Kols, 56), Vormer, Vanaken, Rits, Danjuma (Bonaventure, 76), Uesli, Vossen (Openda, 82).
Borussiya D – Byurki, Akanji, Shmelser, Pishchek, Diallo, Getse (Kagava, 62), Sancho (Pulishich, 69), Volf, Vaygl (Daud, 84), Roys, Vitsel.
Ogohlantirishlar: Vaygl (19), Kagava (90).
C guruhi
Liverpul (Angliya) – PSJ (Fransiya) 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 30 Starrij, 2:0 – 36, penalti Milner, 2:1 – 40 Menye, 2:2 – 83 Mbappe, 3:2 – 90 Firmino.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Xenderson, Veynaldum, Mane (Fabino, 90), Salax (Shakiri, 85), Starrij (Firmino, 72).
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Markinos, Bernat, Kimpembe, Di Mariya (Shupo-Moting, 80), Rabo, Menye, Neymar, Mbappe, Kavani (Draksler, 80).
Ogohlantirishlar: van Deyk (27), Menye (45).
Srvena Zvezda (Serbiya) – Napoli (Italiya) 0:0 (0:0, 0:0)
Srvena Zvezda – Boryan, Degenek, Rodich, Stoykovich, Savich, Yovichich (Yovanchich, 56), Krstichich, Chaushich, Marin (Simich, 87), Boachi (Pavkov, 81), Ben-Nabuan.
Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Zelinski (Gamshik, 75), Fabian Ruis, Kalyexon (Una, 75), Allan (Mertens, 61), Insinye, Milik.
Ogohlantirishlar: Allan (17), Krstichich (37), Degenek (55), Albiol (57), Milik (90), Mariu Ruy (90).
D guruhi
Galatasaroy (Turkiya) – Lokomotiv (Rossiya) 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Rodrigesh, 2:0 – 67 Derdiyok, 3:0 – 90, penalti Inan.
Galatasaroy – Muslera, Aziz, Nagatomo, Linnes, Fernando, Ndiaye, Donk, Akbaba, Belxanda (Maykon, 73), Rodrigesh (Inan, 90), Derdiyok (Onyekuru, 82).
Lokomotiv – Gilyerme, Xevedes, Chorluka, Kverkveliya, Ignatyev (Eder, 69), Fernandesh, Denisov, Miranchuk (Miranchuk, 86), Krыxovyak, Idovu, Farfan.
Ogohlantirishlar: Chorluka (23), Ndiaye (42), Idovu (60), Fernando (72), Denisov (88), Gilyerme (90).
Chetlashtish: Ndiaye (87).
Shalke (Germaniya) – Portu (Portugaliya) 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 64 Embolo, 1:1 – 75, penalti Otavio.
Shalke – Fermann, Sane, Naldo, Nastasich, Serdar (Xarit, 84), Kalijuri, Bentaleb, Makkenni, Shopf, Ut (Konoplyanka, 65), Embolo (Burgshtaller, 72).
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra, Eder Militao, Errera, Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Ernani, 90), Braimi (Serjiu Oliveyra, 82), Abubakar (Korona, 60).
Ogohlantirishlar: Embolo (27), Ut (53), Korona (78), Errera (86).

 

O’zA