Har bir taʼlim muassasasida notiqlik mahoratiga ega boʻlgan talaba (yoki oʻquvchi)lardan iborat “Yosh targʻibotchilar klubi” hamda “IQ-SHOU” teletanlovi tashkil etiladi.
Taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tarkibida Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskani tashkil etildi.
Qaror bilan Markaz faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning darsdanboʻshvaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Ushbu dasturga koʻra, “Yil talabasi” tanlovini joriy etish va uni har yili oʻtkazib borish belgilandi.
Shuningdek, har bir taʼlim muassasasida notiqlik mahoratiga ega boʻlgan talaba (yoki oʻquvchi)lardan iborat “Yosh targʻibotchilar klubi” hamda “IQ-SHOU” teletanlovi tashkil etiladi.