Oʻzbekistonda bir vaqtning oʻzida ikki diplomga ega boʻlish mumkin

Ural davlat iqtisodiyot universitetida kimlar oʻqiydi? Bu savol ayni vaqtda test sinovlarida qatnashayotgan har bir abituriyentni va ularning ota-onasini ham oʻylantirmoqda.
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida bakalavriat bosqichiga hujjatlar topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi.
photo5260676004173687119.jpg
2018/2019-oʻquv yili uchun ikki universitet oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturiga muvofiq, iqtisodiyot (korporativ iqtisodiyot va biznesni boshqarish), iqtisodiyot (iqtisodiyot va loyihalarni boshqarish), menejment (kichik biznesni boshqarish), savdo ishi (xalqaro tijorat) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 125 abituriyent talabalik baxtiga erishishi mumkin.
photo5260676004173687122.jpg
Bir yuz yigirma besh oʻringa ming nafarga yaqin yigit-qiz daʼvogarlik qilmoqda.
photo5260676004173687127.jpg
Oʻqish faqat rus tilida boʻladi. Test topshirish jarayonlari ham rus tilida tashkil etildi.
Test imtihonidan oʻtganlar joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kunduzgi shaklda toʻrt yil oʻqiydi. Test sinovlari ham rus tilida Ural davlat iqtisodiyot universiteti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan. Jarayon ham ularning kuzatuvi ostida boʻlib oʻtmoqda.
Bakalavr bosqichini tamomlagan talabalar ikki universitet diplomiga ega boʻladi.

 

B.Meliqulova, F.Abdurasulov (surat), OʻzA