Shumanayda tarixiy topilma

657

9 iyul kuni Shumanay tumani Birlashik qishloq fuqarolar yig’ini hududidan tarixiy o‘tmishga oid ko‘zalar topildi.

– Bu chig’ir ko‘zalari taxminan XIX asrga tegishli bo‘lishi mumkin. Ko‘zalarni ko‘rib yaxshilab ko‘zdan kechirib tadqiqot o‘tkazgandan keyin aniq ma’lumot beramiz, deydi Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi Jamila Rzaeva.

– Bu ko‘zalarni o‘zimizning fermer xo‘jaligimizga tegishli erning o‘t bosib qolgan tomonini surish paytida taxminan bir metr chuqurlikdan topib oldik, – deydi “Mirzabekov Marqaboy” fermer xo‘jaligi ishchisi Aydos Mirzabekov.

Bunday tarixiy topilmalar ajdodlarimizning yashash tarzi, dehqonchilik madaniyati haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lishimizga imkon yaratadi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi