Ikki polvonimiz 3-o‘rinni egalladi
428

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kuchli polvonlar ishtirok etdi. Keskin kechgan bellashuvlar yakunida, respublikamizdan Milliy gvardiya xodimi Shoberdi Rustamov +90 kg vaznda va Shimoliy-g’arbiy harbiy garnizon xodimi Gulayim Jumabevalar +63 kg vaznda bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Respublikamiz polvonlarini ushbu musobaqaga tajribali murabbiy Berik Jusupbekov tayyorladi.
Adilbay Orazov,
Qoraqalpog’iston axborot agentligi sharhlovchisi.