Sportning intellektual turi rivojlanmoqda

359

Nukus tumani sport maktabida sportning intellektual turi bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Raisining kubogi uchun tuman bosqichi yuqori darajada tashkil etildi.

Musobaqa Qoraqalpog’iston Respublikasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni intellektual sport turlari bilan shug’ullanishga jalb qilish, shuningdek, iqtidorli sportchilarni aniqlash va rag’batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Nukus tumani hokimligi va sport muassasalari mutasaddilari, maktab o‘quvchilari va murabbiylar faol ishtirok etdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘quvchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, qizg’in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

G’olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqa natijalari bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi