Taxiatoshlik g’allakorlarga hurmat ko‘rsatildi

Taxiatosh tumanida 2025 yilgi g’alla hosili uchun mehnat qilgan ilg’or fermerlar va klasterlar munosib taqdirlandi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshaev, Taxiatosh tumani hokimi K.Aytbaev va boshqalar so‘zga chiqib, barcha dehqon va fermerlarni yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Taxiatosh tumani bu yil birinchilar qatorida belgilangan 2635 tonna bug’doy topshirish rejasini ortig’i bilan bajardi.

Albatta, bu tadbir g’allakorlarning fidokorona mehnatini rag’batlantirish va ularni yangi marralarga ruhlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda fidoyi g’allakorlar uchun dasturxon yozilib, ularga Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
A.Jiyemuratov,
Qoraqalpog’iston axborot agentligi.