U-14: Sport maktablari futbol ligasi turniri o‘tkazildi

284

6-9-aprel kunlari Muynoq tumanida 2011-yili to‘g’ilgan o‘smirlar o‘rtasida  Sport maktablari futbol ligasi turniri o‘tkazildi.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 15 jamao ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida Xojeli tumani sport maktabi jamaosi barcha raqiblarini mag’lub etib, turnir g’olibiga aylandi.

Sovrinli ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Qonliko‘l va Taxtako‘pir tumanlarining yosh futbolchilariga nasib etdi.

Turnir yakunida, g’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, kubok va medallar bilan taqdirlandi.

Adilbay Orazov,

Qoraqalpog’iston axborot agentligi sharhlovchisi.