Jahon kubogida munosib ishtirok etgan yurtdoshimiz kutib olindi

Joriy yilning 31-mart -5 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionti bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini egallab, vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.
Terma jamaomizning shunday yuqori natijalarni qo‘lga kiritishida qoraqalpog’istonli yosh bokschi Madiyar Daniyarovning ham salmoqli hissasi bor deb ayta alamiz. Bokschimizning ushbu yutug’i respublikamiz ahlini shodlikka bo‘ladi. Sababi, Madiyarning bronza medali respublikamiz boksi tarixida hali kuzatilmagan voqyoa edi.

Sportchimizning erishgan yutug’i bilan tabriklash va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, respublikamiz hukumati rahbarlari, soha xodimlari va keng jamaotchilik vakillari tomonidan Toshkent shahridan poytaxtimizga qaytib kelgan Madiyar Daniyarov Nukus xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbaev, Jo‘qorg’i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov, Sport vaziri E.Qutibaevlar Madiyarni qo‘lga kiritgan yutug’i bilan samimiy tabrikladi va galdagi musobaqalarida ham faqat omad yor bo‘lib, bundan ham yuqori natijalarga erishishida tilakdoshlik bildirdi.

Tadbirda Madiyar Daniyarov ham o‘ziga ko‘rsatilgan alohida e’tibor va hurmat uchun respublikamiz rahbarlari va ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi