Emomali Rahmon muhim sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi (+video)
468
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarildi.
O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi yetti yuz million dollardan oshdi. Sanoat, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, hududlararo samarali aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.
Ikrom AVVALBOEV,
Otabek MIRSOATOV (surat, video), O‘zA muxbirlari