Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi (+video)

430

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, sammit kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda yuqori natijalar qayd etilmoqda. Xususan, tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 70 foizga oshgan. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, xususan, qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi ko‘magida sanoat kooperatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Energetika va transport kommunikatsiyalari sohasidagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari doimiy e’tiborda.

Ikrom AVVALBOEV,

Otabek MIRSOATOV (surat, video), O‘zA muxbirlari