Transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha YeTTB bilan hamkorlik kengaymoqda

348

Mamlakatimizda transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik jarayonlari kengaymoqda.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari Andi Aranitasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “yashil” jamoat transporti ulushini oshirish bo‘yicha Samarqand shahriga elektrobuslar xarid qilishining I va II fazalari, Namangan va Nukus shaharlari uchun elektrobuslar xarid qilinishi, “Urganch shahri – Xonqa shahri – Hazorasp shahri – Toshsoqa – Amudaryo – A380 avtomobil yo‘li”ning 4R 156 0 – 84 kilometr qismini rekonstruksiya qilish hamda  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi, deyiladi Transport vazirligi ma’lumotida.

Natijada tomonlar ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirishga kelishib oldi.

A.RUSTAMOV,

O‘zA