FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yong‘in bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadiga qaratilgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oylik doirasida shahar va tumanlarda tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida fuqarolarni yong‘in va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, zaharli gazdan zararlanishining oldini olish bo‘yicha qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotir.

Xususan, ijtimoiy ob’ektlar, ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘p qavatli uy-joylar, yangi qurilish zonalarida keng ko‘lamdagi profilaktik tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, aholiga eslatma materiallar tarqatilmoqda. Albatta, bundan maqsad, har qanday favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishining oldini olish uchun fuqarolarni yanada sergak va e’tiborli bo‘lishga chaqirishdir.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA