FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi rivojida davlat tibbiyot muassasalari qatori xususiy sektor ulushini ham ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xo‘jayli tumanidagi “Razi” tibbiyot klinikasi tadbirkor Aydos Razatdinov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Klinikaga “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan berilgan 1,5 milliard so‘mlik imtiyozli kredit evaziga Germaniya, Yaponiya va Xitoydan keltirilgan bir nechta turdagi tibbiyot uskunalari o‘rnatilgan. Hozirda ushbu tibbiyot muassasasida laboratoriya, UTT, fizioterapiya, ginekologiya, lazeroterapiya va yanada bir qancha tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, muolaja xonalari ham mavjud.
Bu yerga ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun qo‘shni tumanlardan ham bemorlar tashrif buyurmoqda.
Klinikada tibbiy xizmat turlarini yanada kengaytirish maqsadida yaqin kunlarda zamonaviy kompyuter tomografiya uskunasini keltirish rejalashtirilgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA