FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi 4-sonli  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tajribali pedagog, Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi a’lochisi Oygul Qurbonniyozova rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu muassasa  bugungi kuni 160 nafar bolajonni bag‘riga olgan.

2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida yangidan qurilgan DMTTda kichkintoylarning zamonaviy mezonlar asosida ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerdagi mehribon va malakali pedagog-tarbiyachilar jamoasi bolajonlarning har tomonlama sog‘lom kamolga yetishi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston Qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron-faxriylarining “Vatan” xayriya jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov hamda Xo‘jayli tuman maktabgacha  va maktab ta’lim bo‘limi vakillari muassasada bo‘lib, bolalar  hamda pedagog-tarbiyachilar bilan suhbatlashdilar. Bolajonlar ijrosidagi qo‘shiq va raqslar mehmonlarga quvonch va zavq ulashdi.

Tadbir so‘ngida yosh avlodni tarbiyalashdagi samarali xizmatlari uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Oygul Qurbonniyozovaga «Vafo va sadoqat uchun» medali topshirildi.

 

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV  olgan suratlar.