Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holati fosh etildi.
Jumladan, “J-J” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, jami 100,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri