Joriy yil 29 noyabr – 8 dekabr kunlari Turkiyada an’anaviy xalqaro Anqara kitob bayrami bo‘lib o‘tmoqda.

AOKA axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu nufuzli xalqaro ko‘rgazma 21 yildan buyon har yili bahor va kuz  faslida ko‘plab xorijiy mamlakatlarning noshirlik kompaniyalari va taniqli yozuvchilar ishtirokida tashkil etiladi.

Bu yilgi ko‘rgazmada 250 dan ortiq noshir, ming nafardan ortiq yozuvchi, shu jumladan, AOKA va respublikamizda faoliyat yurituvchi bir nechta nashriyotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro kitob bayrami doirasida bir qator konferensiya, seminar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, 2025 yil may oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi kitob bayramida mamlakatimizning noshirlik salohiyati, o‘zbek ijodkorlarining asarlarini xorijda keng ommalashtirish, shuningdek, madaniy an’analarini tanitish maqsadida O‘zbekiston faxriy mehmon davlat sifatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Bu yilgi ko‘rgazmaning faxriy mehmoni Ozarbayjon Respublikasi etib belgilangan.

N.Usmonova,  

O‘zA