Nemis olimlari sun’iy intellekt (SI) va chat-botlarning tibbiy maslahatlar taqdim etish borasidagi imkoniyatlarini baholadi. Bu haqda “Scimex” yangiliklar portali ma’lum qildi.
Erlangen hamda Nyurnbergdagi (Germaniya) Fridrix-Aleksandr nomidagi universitet mutaxassislari oktyabr oyining o‘rtasida ilmiy ishning dastlabki natijalari bilan o‘rtoqlashdi. SI foydasini baholash uchun ular “Windows”ga o‘rnatilgan “Microsoft” ning “Copilot” neyrotarmog‘idan foydalandi. Shifokorlar “Copilot” foydalanuvchilarga tavsiya qilgan tibbiy maslahatlarning taxminan yarmiga qo‘shilmasligi ma’lum bo‘ldi.
Test davomida olimlar tomonidan chat-botga 50 ta dori vositasiga aloqador bo‘lgan 10 ta savol berildi va hammasi bo‘lib 500 ta javob olindi. Ma’lum bo‘lishicha, javoblarning atigi 54 foizi ilmiy konsensusga mos kelgan, qolgan qismi salomatlik va hayot uchun xavf tug‘dirgan.
Noto‘g‘ri javoblardagi 42 foiz maslahatlar yengil va o‘rtacha ziyonga, 22 foizi — o‘lim bilan tugashiga olib kelishi mumkin. Neyrotarmoqlar noto‘g‘ri javoblarining 36 foizi bezarar deb topilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, SIning salohiyatiga qaramay, bemorlar uchun avvalgidek o‘z shifokorlari, ya’ni jonli mutaxassislar bilan maslahatlashish muhimdir.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.