Fan-texnika va axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonamizni internetsiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Misli kòrilmagan imkoniyatlarni taqdim qilayotgan internet hayotimizning bir bòlagiga aylanib ulgirdi, desak adashmagan bòlamiz. Chunki vaqtimizning kòp qismini internetda, asosan, ijtimoiy tarmoqlar, messengerlarga sarflaymiz. Bu orqali esa butun dunyoda bo’layotgan voqea hodisalardan boxabar bòlish, dòstlar bilan dunyoning bir burchagida bòlsa ham muloqot qilish, kerakli ma’lumotlarni izlash va internetdan tijoriy maqsadda foydalanish, ya’ni onlayn magazinlar va SMM faoliyatlarini amalga oshirish mumkin.
Hozirgi kundagi eng buyuk kashfiyotlardan biri bòlgan ,Open Al tomonidan yaratilgan Chat gpt – sun’iy intellekt insoniyatga cheksiz imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda katta xavf ham solyapti. Gap shundaki, sun’iy intellektdan boshqa maqsadga, masalan, insonni taqlid qilish – improvizatsiya funksiyasidan foydalanib yadro quroliga ega davlatlar rahbarlari òrtasida nizo keltirish va yadro urushiga sabab bòlishi hech gap emas. Bu kashfiyotning yana boshqa tomoni shunda, kòpgina soha va kasb egalarining ishsiz qolish xavfi mavjud. Xususan, òqituvchilik, tarjimonlik, IT , marketing kabi va jurnalistikaning ayrim turlari shu qatorda òrin egallaydi.
Internet – axborot manbayi
Insoniyat azal-azaldan òzi yashayotgan joydan uzoqda, olis-olislarda yuz berayotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqida bilish istagi bilan yashagan. Bu istak uzoq izlanishlardan sòng òtgan asrda Internet kashf qilinishi bilan amalga oshdi va shundan keyin axborot almashinuvi jarayoni tez suratlarda butun dunyo bo’ylab tarqaldi. Hozirgi kunga kelib asosiy axborot manbayi sifatida Internet tarmoqlarini misol keltirish mumkin. Biz axborotni nafaqat axboriy sayt va kanallardan, balki, instagramdagi turli xil videoroliklar, hatto reklamalardan, kinofilmlar va musiqiy manbalardan qabul qilamiz. Afsuski hamma ham qabul qilayotgan axborotni qanchalik tòĝri yoki unda mafkuraga xavf soluvchi yot ĝoyalar xavfi mavjudligi haqida bilmaydi. Ayniqsa hozirgi yoshlarda bilib‐bilmay ĝarb madaniyatini tarĝib qilish, ijtimoiy tarmoqlarda fenomen bòlaman deb har xil bachkana trend videolarni takrorlashi juda achinarli holat.
Vaqt o’g’risi
Tan olish kerakki, ertalab uyg’onganimizdan sòng birinchi navbatda qiladigan ishimiz telefonni qolga olib Instagram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishdir. To’g’ri, ijtimoiy tarmoqlarda turli bilimlarni beradigan foydali kontentlar, hayot uchun kerakli layfhaklar, chet tillarini oson va samarali òrgatadigan masterlarni kuzatib kòp narsalarni òrganish mumkin. Lekin shu bilan birga keraksiz, bòlmaĝur videolarga ham guvoh bòlish mumkin. Bunday kontentlarni kuzatayotgan yosh avlodni tarbiyasiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir kòrsatishi, bilib-bilmay har xil bloger, vaynerlarga taqlid qilayotgani kuzatilyapti. Eng asosiysi shuki, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt qanday òtib ketganini bilmay qoladi kishi. Xuddiki ijtimoiy tarmoqlar òziga gipnoz qilayotganga òxshaydi.
Olimlarning aytishicha inson telefonni qòlidan qòygandan so’ng 10 soniya ichida uni yana qòliga olsa kasal hisoblanar ekan. Bundan tashqari telefonga kòp qarash jismoniy tomondan ham sog’liq uchun juda zararlidir. Telefondan taraladigan radioaķtiv nurlari kòz shoxpardasi, miya òsimtasi kasalligi, ruhiy kasalliklar, uyqusizlik kabi hastaliklarga sabab bòladi.
Bunday salbiy holatlar yuz bermasligi uchun esa internetdan foydali maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizda media savodxonligini yòlga qòyish va òzimiz ham shularga amal qilishimiz lozim.
Sizlar qanday fikrdasizlar?
Gulnoza Ro’zimova,
QDU, Jurnalistika mutaxassisligi 4-bosqich talabasi.
Qoraqalpogiston axborot agentligi