Ijtimoiy tarmoqlar va veb saytlarda, turli telegramm kanallarda joriy yil 15-19 oktyabr kunlari Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “World Series Pro” xalqaro turnirining final bosqichi va Al Hakim At-Termiziy xalqaro turnirlari o‘tkazilishi xabar qilingan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur axborotga rasmiy munosabat bildirib, nufuzli xalqaro turnirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tayyorgarlik jarayonlari yakuniga yetkazilmagani sababli kurash musobaqasini o‘tkazish sanasi kechiktirilganini xabar qildi.

Kurash musobaqasining o‘tkazilish sanasi, vaqti hamda joyi haqida mas’ul vazirlik, federatsiya va mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz, deyiladi rasmiy munosabatda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri