Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ta’kidlangan ikkinchi yo‘nalish – biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan ta’minlash.

Ochiq muloqot doirasida kelib tushgan 11 mingta murojaatdan 2 mingtasi yer va infratuzilma bilan bog‘liq. Joylarda o‘tkazilgan so‘rovda ham 55 foiz tadbirkor elektr energiyasi, gaz ta’minotida, tarmoqqa ulanishda muammo borligini aytgan.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yer va mulkka yondashuvlar butunlay o‘zgardi, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha katta amaliy ishlar qilindi.

Lekin, yerdan investitsiya sifatida foydalanish tizimi hali orqada ekani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA