5b1ab4b0370f2ca5608b45df.jpg
 
Bugun eng qiziqarli bahslarning guvohi bo‘lamiz.
Braziliya – Kosta-Rika
Mundial favoritlaridan biri hisoblangan braziliyaliklar dastlabki turda ochko yo‘qotishgandi. Shuningdek, Kosta-Rika terma jamoasi ham g‘olib bo‘lishmagan. Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqish uchun g‘olib bo‘lishlari talab etiladi. Ushbu o‘yin mana shu jihatlari bilan ham qiziq bo‘lishi kutilyapti. Mag‘lubiyat uyga qaytish degan gap. Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan o‘yinga Byorn Keypers boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlangan. O‘yin soat 17:00dan boshlab efirga uzatiladi.
Nigeriya – Islandiya
“D” guruhidagi eng qiziqarli o‘yin soat 20:00da boshlanadi. Afrikaliklarni faqat va faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Yevropaliklarga ham shu kerak. Jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasini ushbu turda hal qila olishmasa, 3-turda jiddiy raqiblar kutib turibdi. Volgograd arenadagi o‘yinga bosh hakam sifatida Mattev Konger tayinlangan.
Serbiya – Shvetsariya
Ushbu o‘yindan avval serblarda uch, shvetsariyaliklarda esa bir ochko mavjud. “E” guruhida bitta favorit bor deganlar adashgandek ko‘rinyapti. Boisi Petkovich shogirdlari 1-turda janubiy amerikaliklarga jiddiy raqib bo‘la oldi. Endi ulardan muhlislar g‘alaba kutyapti. Serblarda esa bir oz xotirjamlik hukmron. Aleksandr Kolarov sardorlik qilayotgan terma jamoa hozircha guruh peshqadami. Keyingi turda ularni Braziliya kutayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, ular ham g‘alaba uchun maydonga chiqishadi. Uchrashuvga Felix Brix boshchiligidagi hakamlar tayinlangan. Kaliningrad arenadagi o‘yin soat 23:00dan boshlab namoyish qilinadi.

 

O`zA