Mundial anonsi: Ermatov ishtirokini boshlaydi, Arifov va Abdullayev esa davom ettirishadi

Kecha, hamyurtimiz, Jahon chempionati o‘yinlarini boshqarish bo‘yicha dunyo rekordchisi Ravshan Ermatov Rossiya maydonlarida davom etayotgan mundialda ham o‘z ishtirokini boshlashini ma’lum qilgan edik. Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar ertaga o‘tadigan Argentina – Xorvatiya uchrashuvida ishlashadi. To‘rtinchi hakam vazifasini taitilik Norbert Xauata bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi etib esa Yangi kaledoniyalik Bertrand Brial tayinlangan.
O‘yin 21 iyun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
7f807176-039c-4d9c-99b4-224e968fcc88.jpg
Ermatov ishtirokini endi boshlayotgan bo‘lsa, Jahon chempionatida nazoratchi va komissar vazifasini bajarayotgan ikki nafar hamyurtimiz ikkinchi o‘yinlarini o‘tkazishga tayinlandi. Jumladan,
O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov “S” guruhidan o‘rin olgan Daniya – Avstraliya o‘yinida komissar sifatida ishlaydi.Xabaringiz bor, bungacha Arifov “Ye” guruhidagi Kosta Rika – Serbiya uchrashuvida komissarlik qilgandi. Qayd etish lozimki, shu paytgacha nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissarlik qilmagan. Hamyurtimiz bu borada birinchi bo‘ldi.
0ca221c4-b7ba-4ee9-883e-141a6203707e.jpg
Daniya – Avstraliya uchrashuvi 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Yana bir yurtdoshimiz, FIFA va OFK yo‘riqchisi Farhod Abdullayev “V” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya – Marokash o‘yiniga tayinlandi. Uchrashuvni AQSHlik Mark Geyreg boshqaradi. Abdullayev 1-turda “N” guruhining Polsha – Senegal uchrashuvida ham nazoratchi sifatida ishlagandi.

 

O‘zA