Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Bank filiallari tadbirkor mijozlarga kredit berayotganda fuqarolarni ishga olish sharti bilan kredit foizini kamaytiradigan tizimni joriy qilish taklif qilindi.

Yangi tizimga ko‘ra, endilikda banklar tadbirkorlar ish o‘rni yaratganidan keyin  ularga berilgan kredit foizini tushirib boradi.

Hokim yordamchilari esa ishsizlarni tadbirkorni talabi asosida o‘qitadi.

 

O‘zA