Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Prezident poytaxtdagi 12 ta tuman bir-biri bilan tutashib ketgani, ularni iqtisodiy chegarasi yo‘qligi bois tadbirkorlarga sharoit yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha boshqacha yondashuv kerakligini ta’kidladi.
Shu bois, banklar filiallari faqat mijozni hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki o‘zining yirik mijozlari va tumandagi mahallalarni bog‘laydigan ko‘prik bo‘lishi muhimligi qayd etildi.
Misol uchun, faoliyatini kengaytirish hamda aylanma mablag‘ uchun kredit olish va ish o‘rni yaratishga tayyor mijozlar ko‘p. Banklar zamonaviy fikrlab, shunday mijozlar bilan ishlashi, ularni yiriklashtirishga ko‘maklashishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
O‘zA