Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.

Mavjud 194 ta poligondan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.

Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha to‘plab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.

 

O‘zA