Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Chiqindi poligonlari atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbog‘ barpo qilish, barcha issiqlik elektr stansiyalari, gidroinshootlar, suv omborlari atrofida ham ko‘chat ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Ijtimoiy obyektlarga ko‘chatlarni bepul yetkazib berish bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 4 million tupdan ziyod ko‘chat bepul tarqatilishi belgilandi.

 

O‘zA