Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Bahor mavsumida mahallalarda va ko‘p qavatli uylar atrofida, yo‘llar va kanallar bo‘yidagi yerlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.

Ekologiya vazirligiga “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish topshirildi. Bunga byudjetda nazarda tutilgan 50 milliard so‘m ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

 

O‘zA