Boks: Bektemirda oltin, Shunqor va Iqbolda esa kumush medallar

Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida boks bo‘yicha “Prezident Kubogi” xalqaro turniri nihoyasiga yetdi. Oltinchi marotaba o‘tkazilgan yirik musobaqada o‘zbekistonliklar bitta oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
photo5255759787038189752.jpgMusobaqaning hal qiluvchi final o‘yinlarida uch nafar charm qo‘lqop ustamiz ringga ko‘tarildi.
-60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi jang o‘tkazdi. Garchi vakilimiz butun raundlarda faollik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub, deb topildi va kumush medal bilan kifoyalandi.
-64 kg. vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov mezbonlar vakili Bektaulet Ibragimov bilan jang qildi. Afsuski, ushbu jangda mezbonlarning g‘alabasi ta’minlandi.
photo5255759787038189753.jpg-81 kg. vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev ham mezbon vakili bilan ro‘baro‘ keldi. Bek Nurmagambetovga qarshi olib borilgan jangda hakamlar Meliqo‘ziyevning qo‘lini ko‘tarishga majbur bo‘lishdi. Sababi, Bektemir raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.
Shu tariqa, boksi rivojlangan 15 davlatdan 170 nafar sportchi ishtirok etgan va unda 16 nafarli tarkibi bilan qatnashgan o‘zbekistonliklardan Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg.) oltin, Shunqor Abdurasulov (-60 kg.) va Iqboljon Xoldorov (-64 kg.) kumush, Shahobiddin Zoirov (-56 kg.), Aliyor Noraliyev (-64kg.), Mahmud G‘oipov (-69 kg.) hamda Isroil Madrimov (-75kg.) bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda bosh sovrinlar yaponiyalik Namiki Sukimi (51 kg.), qozog‘istonlik Saniya Sultonvizi (57 kg.) va Rimma Volosenko (60 kg.) hamda Lov Xolgersson (75 kg.)ga nasib etdi.
Oybek Yunusov

 

O’zA