Amerika kino san’ati akademiyasi – Oskar yangi sovrindorlar nomini e’lon qildi, deb xabar berdi “Kazinform”.

96-marta bo‘lib o‘tgan marosimda 23 nafar g‘olib aniqlanib, asosiy nominatsiyalar bo‘yicha laureatlar ro‘yxati e’lon qilindi: eng yaxshi film –“Oppengeymer”, eng yaxshi aktrisa – Emma Stoun (“Bechora va baxtsizlar”), eng yaxshi aktyor – Killian Merfi (“Oppengeymer”).

Shuningdek, eng yaxshi qo‘shiq – What Was I Made For? (“Barbi”), eng yaxshi musiqa – “Oppengeymer”, ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor – kichik Robert Dauni (“Oppengeymer”). eng yaxshi xorijiy film – “The Zone of Interest”, eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy – “American Fiction”, eng yaxshi animatsion film – “Bola va qush” (Kimitachi wa Dou Ikiru ka) kabi ko‘plab mukofotlar egalariga topshirildi.