G‘azo sektorida yagona hisoblangan Kamol Advan bolalar kasalxonasida o‘n nafar norasida ochlikdan halok bo‘ldi, deb yozdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
– Kamol Advan bemorlar bilan to‘lib ketdi, – deyilgan axborotda. – Oziq-ovqat yetishmasligi o‘n go‘dakning o‘limiga sabab bo‘ldi. Elektr yo‘qligi ham bemorlar parvarishi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Halokatli vaziyat, ayniqsa, tezkor davolash va endi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limida yaqqol sezilmoqda.