Xorazmda yirik kanallarni betonlashga qo‘shimcha 145 milliard so‘m ajratilgan. Ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashni vegetatsiya davrigacha yakunlash zarurligi qayd etildi.
“Toshsoqa kanalini tiklash” loyihasi ikkinchi bosqichi doirasidagi ishlarni jadallashtirishga topshiriq berildi.
Ushbu loyiha natijasida 172 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi, yiliga 500 million kub metr suv, 50 million kilovatt elektr, 30 milliard so‘m saqlash xarajatlari tejaladi.
O‘zA