Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Xorazmda sholichilik bo‘yicha yondashuvlarni o‘zgartirish vaqti kelgani qayd etildi. Chunki zamonaviy ilmiy yondashuv, yangi nav yo‘q, suv sarfi yuqori.
Shuning uchun yangi hosildor sholi navlarini olib kelib, Xorazm sharoitida sinash muhimligi ta’kidlandi. Koreyalik hamkor bilan sholi urug‘chiligi korxonasi tashkil etiladi.
Sholichilikda suv tejovchi texnologiya joriy qilish uchun subsidiya berish va klasterlarga sholi xaridi uchun imtiyozli kredit ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA