Davlatimiz rahbari har qarich yerni, har tomchi suvni yuqori hosilga aylantirish yo‘lidan borishimiz shartligini, buni xorazmliklar hammadan ko‘ra yaxshi tushunishini ta’kidladi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlardan sho‘r tuproqqa chidamli paxta navlarini olib kelib, Xorazm sharoitida yetishtirishni tashkil qilish topshirildi.

Urganch shahrida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash laboratoriyasi tashkil etiladi.

Viloyatdagi fermer va klasterlarga 1 mingta texnikani lizing asosida yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA