Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Hazorasp erkin iqtisodiy zonasida xitoylik investorlar bilan lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishida 300 million dollarlik 4 ta loyiha joylashtirilishi qayd etildi.

Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshiriladi.

Shuningdek, viloyatda xorijiy investorlar bilan birgalikda polipropilen, bazalt mahsuloti va sendvich panel ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona tashkil qilish, ixcham qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, meva-sabzavotni qayta ishlash, mebel va noto‘qima material ishlab chiqarish kabi loyihalar ishlab chiqilgan.

O‘zA