Abu Rayhon Beruniy mutafakkir olim, o‘rta asrning buyuk daholaridan sanaladi. Uning asarlari musulmon Sharq madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ushbu alloma merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi.

Mutafakkir asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi va yevropalik olimlarning mazkur asarlarga bag‘ishlangan kitoblari, tarjimalari nashr etildi.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi O‘zbek milliy madaniyat markazi rahbari Obid Turatov poytaxtimizdagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga o‘zgacha sovg‘a bilan tashrif buyurdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’lumotida.

“Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Abu Rayhon Beruniy tavalludining ming yilligi munosabati bilan tayyorlangan noyob medalon mazkur muzeyga topshirdi.

Ushbu medalon 1973 yilda sobiq ittifoqda haykaltarosh Yuriy Xaldeyev tomonidan Beruniy tavalludining ming yilligiga bag‘ishlab yagona nusxada yasalgan. Ayni vaqtda u noyob eksponat hisoblanadi. Medalon muzeyning “Birinchi Renessans davri” burchagiga joylashtirildi.

Darhaqiqat, faxr bilan qad etish lozimki, o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarixni chuqur o‘rgandi va bugungi dunyo taraqqiyotining asosiga sabab bo‘layotgan kashfiyotlar ilmining asoschisiga aylandi.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA