Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati 30 sentyabrda yakunlangan 2023 moliya yili davomida dunyo bo‘yicha rekord darajada ko‘p, ya’ni 10 milliondan ziyod xorijlikka viza rasmiylashtirgan. Kuni kecha Davlat departamenti tarqatgan yozma bayonotda shu haqda gap boradi.
– Elchixonalarimiz va konsulliklarimizning yarmi avvalgi yillarda kuzatilmagan darajada ko‘p noimmigratsiya vizasi bergan, – deyiladi hujjatda. – Qariyb 8 million kishi Amerikaga biznes va sayyohlik vizasini olgan. Bu 2015 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, Davlat departamenti 600 mingdan ziyod talaba vizasi ajratgan. Bu ham 2017 yildan keyingi rekord. Hindistondagi elchixona va bosh konsullik eng ko‘p – 140 mingdan ziyod talabaga viza ochgan.